Asal Shodieva - Yolg’izim qo`shiq matni

Qo`ygin, ochma ko`ngil daftarin,
Boshda qolsin boshdan o`tgan sir.
Hech kim seni sevmagan mendek,
Yolg`izim deb meni ishontir.

Intizorman har lahza, har on,
Hijroningdan yuragim qondir.
Kirib kelgin istagan zamon,
Yolg`izim deb meni ishontir.

Yaralganman sen uchun faqat,
Yomonlardan mutlaqo qoldir.
Dilim yoqsin o`tli muhabbat,
Yolg`izim deb…

Dilim yoqsin o`tli muhabbat,
Yolg`izim deb meni ishontir,
Meni ishontir.

Bevafolik qilsam men agar,
Mayli, meni o`tlarda yondir.
Vafo so`zi, uldur mo`tabar,
Yolg`izim deb…

Har so`zingdan osmonda boshim,
Ko`nglim olmoq juda osondir.
Erkala, sev, beqalam qoshim,
Yolg`izim deb meni ishontir.

Yaralganman sen uchun faqat,
Yomonlardan mutlaqo qoldir.
Dilim yoqsin o`tli muhabbat,
Yolg`izim deb…

Dilim yoqsin o`tli muhabbat,
Yolg`izim deb…

Yaralganman sen, sen, sen uchun faqat,
Dilim yoqsin o`tli muhabbat…
Muhabbat…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]