Aslbek Negmatov - Oqshom qo`shiq matni

Gulzor bo`lib qolsin kechalar,
Darmon bo`lib qolsin kechalar, (x2)
Beg`uborim husnin keltirib,
Hijronimni olsin kechalar. (x2)

Hey oqshom, hey oqshom,
Hey oqshom, hey oqshom.

Ko`zlarimni yoshlama yomg`ir,
Yuragimni g`ashlama yomg`ir, (x2)
Uning ovozini eslatib,
G`amgin kuying boshlama yomg`ir. (x2)

Hey oqshom, hey oqshom,
Hey oqshom, hey oqshom.

Ayting do`stlar, kimning yori bor,
Ayting do`stlar, kimlar yorga zor?
Ayting do`stlar, kimlar bo`ldi xor,
Kimlar uchun dunyo bugun tor?

Ayting do`stlar, kimning yori bor,
Ayting do`stlar, kimlar yorga zor?
Kimning ko`zi asta yoshlanib,
Yorin kutar bo`lib umidvor?
Yorin kutar bo`lib umidvor?

Hey oqshom, hey oqshom,
Hey, hey, hey, hey, hey…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]