Avazbek Olimov - Go’zal oqshom qo`shiq matni

Bugun shunday ajoyib kecha,
Baxtiyorman to`lib ko`nglim.
Uyimiz to`lar do`stlarimga,
Bizlarga barcha baxt tilar bugun.

Go`zal oqshom, vafodorim,
To`yimiz bo`lsin muborak, yorim.
Go`zal oqshom, mehribonim,
Bir umr bizlar birga doim.

Yarashgan buncha oq libosing,
Har kundan go`zal yor visoling.
To`kilar ko`zdan sevinch yoshing,
Baxtiyorman ko`rib quvonching.

Go`zal oqshom, vafodorim,
To`yimiz bo`lsin muborak, yorim.
Go`zal oqshom, mehribonim,
Bir umr bizlar birga doim.

Sevgim, sirdoshim deb,
Umr yo`ldoshim deb,
Jonday asragayman
Doim yuragimda.

Shirin hayotim, go`zal ayolim,
Seni deb yashagayman.

Go`zal oqshom, vafodorim,
To`yimiz bo`lsin muborak, yorim.
Go`zal oqshom, mehribonim,
Bir umr bizlar birga doim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]