Azim Mullaxonov - Janona qo`shiq matni
Davraga tushdi sho’x go’zal,
Ko’zi jayrona-jayrona,
Aylar sanam nozlar bilan
Bizni hayrona-hayrona.
Qoldim kuyib ishqing bilan,
Ham o’rtanib rashking bilan,
Kelmaydimu rahming desam,
Kuldi mastona-mastona.
Ey voh, go’zal buncha ofat,
Etdi holim majnunsifat,
Do’sti ag’yor ichra ishqim
Bo’ldi afsona-afsona.
Keldi janona, kuldi mastona,
Ko’zi jayrona, aylar hayrona.
Ishqim afsona, to’ldi paymona,
Bulbul kabi ko’nglim sayrona.
O’zni zebo dilkash aylab,
Nigohlarga otash joylab,
Davra ichra gulgun yonib,
Keldi janona-janona.
Gul jamolin ko’rib uning,
Xayolida yurib uning,
Tong saharlar vaslin kuylab,
Ko’nglim sayrona-sayrona.
Kechikkan dil dardin sezib,
Hijronida sarson kezib,
Bobur aytar armon bilan,
To’ldi paymona-paymona.
Keldi janona, kuldi mastona,
Ko’zi jayrona, aylar hayrona.
Ishqim afsona, to’ldi paymona,
Bulbul kabi ko’nglim sayrona. (x2)