Azim Mullaxonov - Ota qo`shiq matni

Derazamning ostida tongda
Sayragan qush sizmasmu ota? (x2)
Yo to`nimga ko`klam mozorda
Yopishgan gul sizmasmu ota? (x2)

Ming yildirki dunyoda yo`qsiz,
Yuragimga bitgan armonsiz. (x2)
Ko`rmagansiz mening o`g`limni,
Erkatoyim, to`xim, sho`ximni. (x2)

Men ham yoshim o`tgani sayin,
Boshimga oq tushgani sayin, (x2)
Otam deya erka o`glimni
Ko`taraman o`zim ko`nglimni. (x3)

Derazamning ostida tongda
Sayragan qush sizmasmu ota?
Yo to`nimga ko`klam mozorda
Yopishgan gul sizmasmu ota?

Yo to`nimga ko`klam mozorda
Yopishgan gul sizmasmu ota?
Sayragan qush sizmasmu ota?
Yopishgan gul sizmasmu ota?

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]