Azim Mullaxonov - Shaytanat qo`shiq matni
Hayot gulzor, deya kezdim,
Tikonlari chiqdi yo`ldan.
Na-da tikonlari, turfa ilonlari
Chiqdi yo`ldan.
Tilindi qalb, shilindi til,
Baloyi nafs bo`ldi g`olib.
Qimorga boy berildi or,
Pushmonlari chiqdi yo`ldan. (x2)
Ko`ngil berdim yora, nogoh,
Axtarib ming tasallolar.
Zaharxanda qildi ag`yor,
Yomonlari chiqdi yo`ldan.
Zaharxanda qildi ag`yor-ey,
Yomonlari chiqdi yo`ldan.
Zamon Haqqa tegishli deb,
Necha fursat qildim sabr,
Chektirib oh, necha sohib
Zamonlari chiqdi yo`ldan.
Umr qismat, dedim, balki
Peshonamga yozilgay,
Xudo urgan shaytanatning
Shaytonlari chiqdi yo`ldan. (x2)
Читать также
Комментарии (0)