Azim Mullaxonov - Vafo qilursiz qo`shiq matni

Tokayki, menga jafo qilursiz? {x2}

Bir kun keladir, vafo qilursiz. {x2}

Siz malhamijon, mehrigiyosiz, {x2}

Dardimga, habib, shifo qilursiz. {x2}


Sizdan umidim nega uzaykim,

Goh qosh uchirib imo qilursiz. (x2)

Aylab meni ko`p zoru shikasta, {x2}

Sabrimni tokay ado qilursiz? {x2}


Tokayki, menga jafo qilursiz? {x2}

Bir kun keladir, vafo qilursiz. {x2}

Siz malhamijon, mehrigiyosiz, {x2}

Dardimga, habib, shifo qilursiz. {x2}


Kim-a yerga qarab salom berursiz,

Mendanmi muncha ibo qilursiz? (x2)

Mehrimni nozu karashma birlan, {x2}

Daryo qilib, oz nizo qilursiz. {x2}


Tokayki, menga jafo qilursiz? {x2}

Bir kun keladir, vafo qilursiz. {x2}

Siz malhamijon, mehrigiyosiz, {x2}

Dardimga, habib, shifo qilursiz. {x2}


Malhami jon, mehrigiyosiz,

Dardimga, habib, shifo qilursiz.








Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Ziyoda - Ohkim nomehribonim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:14Скачать
Shohzamon - Jasur Umirov qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:04Скачать
Kaniza - Lilla qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:40Скачать
Avazbek Olimov - Ohista qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:23Скачать
Amira Alibekova - Ikki sohillar qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:21Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.