Aziz Rajabiy - Bir bora qo`shiq matni

Tanlaganim kuydirmajon,
Azobingdan qiynalar jon.
Har kun seni kelarmu deb,
Yuragimda ming hayajon.

Javobi yo`q qo`ng`iroqlar,
Dilga to`lar dard-firoqlar.
Bir kun seni ko`rmay qolsam,
Sog`ingandan qalb so`roqlar.

Bir, bir, bir, ikki qadam tashla,
Men tomonga kela boshla.
Bir, bir, bir bora qo`llarim ushla,
Men zoringning dilin xushla.

Bir, ikki, uch og`iz shirin so`yla,
Sen ham bir oz meni o`yla.
Bir, bir, birga kel, birga o`yna,
Meni aslo yolg`iz qo`yma.

Ketmay qo`yding aslo xayolimdan,
Seni ko`rgan o`sha onimdan.
Shundan buyon tinmay yurak urar,
Yolg`iz faqat seni so`rar, seni so`rar.

Javobi yo`q qo`ng`iroqlar,
Dilga to`lar dard-firoqlar.
Bir kun seni ko`rmay qolsam,
Sog`ingandan qalb so`roqlar.

Bir, bir, bir, ikki qadam tashla,
Men tomonga kela boshla.
Bir, bir, bir bora qo`llarim ushla,
Men zoringning dilin xushla.

Bir, ikki, uch og`iz shirin so`yla,
Sen ham bir oz meni o`yla.
Bir, bir, birga kel, birga o`yna,
Meni aslo yolg`iz qo`yma.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]