Aziz Rajabiy - Oshiq bo’ldim qo`shiq matni

Jonim, sizni ko`zingizga,
So`zingizga oshiq bo`ldim. (x2)
Oy misoli yuzingizga,
Xonim, sizga oshiq bo`ldim. (x2)

Siz bir qarab kuydirasiz,
Atlas kiyib suydirasiz. (x2)
Ishq o`tida yondirasiz,
Xonim, sizga oshiq bo`ldim. (x2)

Bo`ldim, bo`ldim, oshiq bo`ldim,
Hay yoray, ado bo`ldim.
Bo`ldim, bo`ldim, oshiq bo`ldim,
Hay yoray, ado bo`ldim.

To`qnash kelsa uyalaman,
O`t ichida men qolaman. (x2)
Siz ketsangiz mard bo`laman,
Xonim, sizga oshiq bo`ldim. (x2)

Bo`ldim, bo`ldim, oshiq bo`ldim,
Hay yoray, ado bo`ldim.
Bo`ldim, bo`ldim, oshiq bo`ldim,
Hay yoray, ado bo`ldim.

Jonim, sizni ko`zingizga,
So`zingizga oshiq bo`ldim. (x2)
Oy misoli yuzingizga,
Xonim, sizga oshiq bo`ldim. (x2)

Xonim, sizga oshiq bo`ldim,
Jonim, sizga oshiq bo`ldim,
Xonim, sizga oshiq bo`ldim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]