Bahrom Nazarov - Pari qo`shiq matni

Ne go`zaldir, aqlim hayron,
Ko`rdim-u nogoh bo`ldim parishon,
Bo`ldim parishon.

Ne g`azaldir, ko`zi jayron,
Qayrilib boqsa asta men tomon,
Aylanmas zabon.

Bu pari-pari, shu pari-pari
Kimning dilbari?
Yori bormi, zori bormi
Ko`nglida balki.
O`zim Majnunman bo`lsa u Layli. (x2)

Oshiq yurak ishq deb halak,
Duch keldi oxir men kutgan malak,
Baxtimdan darak.

Hijron bekor, dil umidvor,
O`ziga tanho bo`lsam o`zim yor,
Aylab baxtiyor.

Bu pari-pari, shu pari-pari
Kimning dilbari?
Yori bormi, zori bormi
Ko`nglida balki.
O`zim Majnunman bo`lsa u Layli. (x2)

Hey, bu pari-pari, shu pari-pari
Ko`nglim dilbari.
Yori bo`lay, bori bo`lay
Yonida mayli.
O`zim Majnunman u bo`lsa Layli.

E, bu pari-pari, shu pari-pari
Ko`nglim dilbari.
Yori bo`lay, bori bo`lay
Yonida mayli.
O`zim Majnunman, u bo`lsin Layli.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]