Bahrom Nazarov - Sochi bilan qo`shiq matni
Mening ko`zimmi bu, o`zim hayronman,
Hayratda qoldim-o ayni zamon man.
Qirqilgan, bo`yalgan sochlar aro man,
Bo`yi bilan sochi teng qizni ko`rdim.
Sochlari qirqilgan ming qizni ko`rdim, {x2}
Uzun ko`ylak kiygan, yengsizni ko`rdim, {x2}
Ko`zlarim qamashdi bir kuni nogoh, {x2}
Bo`yi bilan sochi teng qizni ko`rdim. {x2}
Bo`yiga suykalib shabboda yeldi,
Har bir oshig`in yuragin yedi.
Sochiga berkinib yig`lagim keldi,
Bo`yi bilan sochi teng qizni ko`rdim.
Sochlari qirqilgan ming qizni ko`rdim,
Uzun ko`ylak kiygan, yengsizni ko`rdim,
Ko`zlarim qamashdi bir kuni nogoh,
Bo`yi bilan sochi teng qizni ko`rdim.
Yig`lagim keldi-da dillarim bo`shab,
Dardlarimni to`kib, poyiga to`shab.
Nimani ko`rgandim o`ttiz yil yashab,
Bo`yi bilan sochi teng qizni ko`rdim.
So`zlarim dilingiz o`rtamasinlar,
Kalta sochli sanamlar tergamasinlar.
A`zamdan og`rinib, yig`lamasinlar.
Sochlari qirqilgan ming qizni ko`rdim,
Uzun ko`ylak kiygan, yengsizni ko`rdim,
Ko`zlarim qamashdi bir kuni nogoh,
Bo`yi bilan sochi teng qizni ko`rdim. (x2)