Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Baxtiyor Rahmonov - Quyosh porlamoq uchun qo`shiq matni

Baxtiyor Rahmonov - Quyosh porlamoq uchun qo`shiq matni

Gul gulga egilib sokin bog` aro,
Nenidir shivirlab aytdi ohista.
Yel nafasi tegib gulbargga bir on,
Birlashdilar go`yo manguga.

Istaklari tushday shohista, lek barin
Oxirigacha anglamoqqa yo`q imkon.
Nasib etmas axir ularga visol
Bu yorug` dunyoda balki hech qachon.

Quyosh – porlamoq uchun,
Havo – chaqnamoq uchun,
Lablar – sevgi tortig`i,
Yurak – ham firoq uchun. (x2)

Barchasini bo`laklab,
Qoldirgum bir falak.
Bu dunyoda baxt yo`q
Sening sevgingdan bo`lak.

O`tina olmayman men,
Kechirgansan, bilaman.
Ko`z yoshim-la muhrlab
Seni mangu sevaman.

Quyosh – porlamoq uchun,
Havo – chaqnamoq uchun,
Lablar – sevgi tortig`i,
Yurak – ham firoq uchun. (x2)

Barchasini bo`laklab,
Qoldirgum bir falak.
Bu dunyoda baxt yo`q
Sening sevgingdan bo`lak.

Bu dunyoda baxt yo`q
Sening sevgingdan bo`lak…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]