Baxtiyor Rahmonov - Ra’no qo`shiq matni
O`t solib ketdi yurakka ul go`zal Ra`no kulib,
Ortiga boqdi ketarda menga ming ma`no kulib.
Necha kundir yo`llarida intizordir ko`zlarim,
Yoki ul bechora ko`nglim qildimu shaydo kulib? (x2)
Ra`no, yo`llarida intizordir ko`zlarim,
Ra`no, axtarurman hech topolmay izlarin.
Ra`no, qilmagin zor sho`xligu bejo kulib,
Kela qol, jonginam, Ra`no, Ra`no.
Qilsa shaydo rozi erdim, rozi erdim men abad,
Sodda ko`ngilga muhabbat soldi ul zebo gulin.
Axtarurman bog`-chamanni hech topolmay izlarin,
Gohida yig`lab olurman, gohida tanho, kulib.
Ra`no, yo`llarida intizordir ko`zlarim,
Ra`no, axtarurman hech topolmay izlarin.
Ra`no, qilmagin zor sho`xligu bejo kulib,
Kela qol, jonginam, Ra`no, Ra`no, Ra`no.
Ishq bilan o`ynashmagin, hargiz sevar bo`lsang agar,
Deb edi kim, yoki yolg`on aytdimi dono, gulim?
Necha kundir yo`llarida intizordir ko`zlarim,
Yoki ul bechora ko`nglim qildi bu shaydo kulib?
Ra`no, yo`llarida intizordir ko`zlarim,
Ra`no, axtarurman hech topolmay izlarin.
Ra`no, qilmagin zor sho`xligu bejo kulib,
Kela qol, jonginam, Ra`no, Ra`no, Ra`no.