Bayram guruhi - O’zbek qizlari qo`shiq matni

Ko`zlarini suzib-suzib menga qarasa,
Ro`molini hilpillatib, kulib o`ynasa,

Oydan go`zal, kundan go`zal,
O`zbekning qizlari hammadan go`zal. (x2)

Lola-yu Dildora, Muqaddas,
Ko`z-ko`z qilib kiyibsiz atlas.

Qizlar guli, yigit siri –
Lola-yu Dildora, Muqaddas. (x2)

Qoshlariga taram-taram o`sma yarashar,
Hamma o`zbek yigitlari sizga qarashar.

Oydan go`zal, kundan go`zal,
O`zbekning qizlari hammadan go`zal. (x2)

Lola-yu Dildora, Muqaddas,
Ko`z-ko`z qilib kiyibsiz atlas.

Qizlar guli, yigit siri –
Lola-yu Dildora, Muqaddas. (x2)

Sochlarini bellariga yoyib tarasa,
Oh, yuragim ado bo`ldi menga qarasa.

Oydan go`zal, kundan go`zal,
O`zbekning qizlari hammadan go`zal. (x2)

Lola-yu Dildora, Muqaddas,
Ko`z-ko`z qilib kiyibsiz atlas.
Qizlar guli, yigit siri –
Lola-yu Dildora, Muqaddas.
Qizlar guli, yigit siri –
Lola-yu Dildora, Muqaddas. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]