Bobomurod Hamdamov - Kim ekan qo`shiq matni

Nazar solgan edim manam oy yuziga,
Charos ko`zi kulib turgan, bu kim ekan, bu kim ekan?

Kim, kim, kim ekan, kim, kim, kim ekan?
Kim ekan, u kim ekan, kim ekan, u kim ekan, kim ekan?

Uzoqdan bir pari kelar, bu kim ekan?
Hamma yuziga termular, bu kim ekan? (x2)
Nazar solgan edim manam oy yuziga,
Charos ko`zi kulib turgan, bu kim ekan? {x2}

Kim, kim, kim ekan, kim, kim, kim ekan?
Kim ekan, u kim ekan, kim ekan, u kim ekan, kim ekan?

Kim ekan, kim ekan, kim ekan, bu kim ekan?
Kim ekan, u kim ekan?

O`xshashi yo`q hech sanamga malak siymo,
Go`yo sehrlab qo`yguvchi bir mahliqo. (x2)
Suzilganda noz ila jodu ko`zlari,
Shu on ajalsiz o`ldirar, bu kim ekan? {x2}

Kim, kim, kim ekan, kim, kim, kim ekan?
Kim ekan, u kim ekan, kim ekan, u kim ekan, kim ekan?

Kim ekan, kim ekan, kim ekan, bu kim ekan?
Kim ekan, bu kim ekan? Kim ekan, bu kim ekan?

Boqsam ko`zim to`ymas husni pardozidan,
Ajablanarman oshiqu shaydosidan. (x2)
Yonginamdan o`tib ketar labin burib,
Lablari bol ila shakar, u kim ekan? {x2}

Kim, kim, kim ekan, kim, kim, kim ekan?
Kim ekan, u kim ekan, kim ekan, u kim ekan, kim ekan?

Kim ekan, kim ekan, kim ekan, bu kim ekan?
Kim ekan, u kim ekan? Kim ekan, bu kim ekan?

Nechun parvo qilmas mandek maftuniga,
Hijronida kuyib qolgan Majnuniga?
Yoki huzurlanarmikan mani o`rtab, hey, hey, hey,
Bilolmadim, fe`li qaysar bu kim ekan?

Kim, kim, kim ekan, kim, kim, kim ekan?
Kim ekan, u kim ekan, kim ekan, u kim ekan, kim ekan?

Kim ekan, kim ekan, kim ekan, bu kim ekan? {x2}
Kim ekan, bu kim ekan?

Balki u ham bir baxtlining vafodori,
Bordur aning bizdan ortiq sevar yori.
Gar jafoda aylamasman aslo bezor,
So`rayverib takror-takror, bu kim ekan? {x2}

Kim, kim, kim ekan, kim, kim, kim ekan?
Kim ekan, u kim ekan, kim ekan, u kim ekan, kim ekan?

Kim ekan, kim ekan, kim ekan, bu kim ekan? {x2}
Kim ekan, bu kim ekan?

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Bobomurod Hamdamov - Kim ekan qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Shahzoda - Baxt bo’ladi qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:25Скачать
Umar Shamsiyev - Yolg’on qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:09Скачать
Tohir Usmonov - Bor ekan qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:07Скачать
G`iyos Boytoyev - Muhabbat yo`q ekan qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:33Скачать
Dildora Niyozova - Va’da berdi qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:28Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.