Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Bobomurod Hamdamov - Ko’rdim yuzingni devona bo’ldim qo`shiq matni

Bobomurod Hamdamov - Ko’rdim yuzingni devona bo’ldim qo`shiq matni

Ko`rdum yuzungni – devona bo`ldum,
Aqli hushimdan begona bo`ldum.
Ko`rdum yuzungni – devona bo`ldum,
Aqli hushimdan begona bo`ldum.

Tortib jafoni o`lsam ko`yingda,
Topolmay hargiz mardona bo`ldum. (x2)
Ko`rdum yuzungni – devona bo`ldum,
Aqli hushimdan begona bo`ldum. (x2)

Bo`lib jahonda rasvoi olam,
Yaxshi-yamonga afsona bo`ldum.

Kavsar sharobi yodimg`a kelmas,
La`li labingdin mastona bo`ldum.
Mastona bo`ldum, mastona bo`ldum,
Mastona bo`ldum man, mastona bo`ldum.

Ko`rdum yuzungni – devona bo`ldum,
Aqli hushimdan begona bo`ldum. (x2)

Yumdum ko`zumni sendin bo`lakdin,
Kechdim baridin, rindona bo`ldum.
Ko`rdum tushumda sham`i jamoling,
Charx urub ondin parvona bo`ldum.

Ishqing mayini sundi bu jismim,
Ham soqi-yu ham paymona bo`ldum.
Bir qatra erdim, cho`mdum dengizga,
Kirdim sadafga – durdona bo`ldim.

Kuydirmasa o`t, bo`lmas yag`och cho`g`,
Ishq o`ti birlan hamxona bo`ldum.
Bo`ldum fano men tufrog` ichinda,
Bir dona erdim, ming dona bo`ldum.

Ul yuz o`tida bud bo`ldi nobud,
Jon jong`a kirdi, jonona bo`ldum.
Tegdi ko`zingdin har damda ming tiyr,
Avval edim dasht, gulxona bo`ldum.

Bir necha yildur yordin judoman,
Bilmay o`zumni hayrona bo`ldum.
Kuymas,dedilar, ma`murai ganj,
Obod edim man, vayrona bo`ldum.

Mashrabga may sun mayxona ichra,
Kechtim baridin – rindona bo`ldum.
Ko`rdum yuzungni – devona bo`ldum,
Aqli hushimdan begona bo`ldum.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]