Bobomurod Hamdamov - Sog’indim qo`shiq matni
Ayo, ul qomati mavzui jahon aroni sog`indim, {x2}
 Gulistonim, muhabbatim, ko`zi shahloni sog`indim,
 Ko`zi shahloni-ey sog`indim. (x2)
Nigorim qoshi payvasta, ko`zi tushgan bo`lur banda,
 Manam husnida devona, qoshi ul yoyni sog`indim,
 Qoshi ul yoyni sog`indim.
 Manam ishqida devona, qoshi ul yoyni sog`indim,
 Qoshi ul yoyni sog`indim.
Dilim hajrida u bir yon, ko`zimning yoshidir bo`ron,
 Bo`larmikan manga mehmon, mulki zeboni sog`indim,
 Mulki zeboni-ey sog`indim.
 Bo`larmikan manga mehmon, mulki zeboni sog`indim,
 Mulki zeboni-ey sog`indim.
Nazokatda asil dilbar, la`li labi erur shakar,
 Firoqida o`zim bir tan, o`zi yaktoni sog`indim,
 O`zi yaktoni sog`indim
Sog`inch bag`rimni o`rtaydir, jahon jonimga begona,
 Ilojim yo`q, borolmayman, malak siymoni sog`indim,
 Malak siymoni-ey sog`indim.
 Ilojim yo`q, borolmayman, malak siymoni sog`indim,
 Malak siymoni-ey sog`indim.

