Bobur Sobirov - Vatanim qo`shiq matni
Ona yurtimsan, O`zbekistonim,
	Senda qalbim, butun jahonim.
	Tuprog`ingni yuzimga surtib,
	Asragayman balo-qazodan.
Sen osmonimsan, sen chamanim,
	Sen Buxoroyu Samarqandim, Xivamsan.
	Toshkentim, O`zbekiston,
	Ona diyorim.
Ona yurtim, O`zbekistonim,
	Senda qalbim, butun jahonim.
	Tuprog`ingni yuzimga surtib,
	Asragayman balo-qazodan.
Keling do`stlar, birga qo`l ushlab,
	Vatan uchun birga kuylaylik.
	Chaman uchun birga o`ynaylik,
	Kelajakka qarab intilaylik. (x2)
Yo`q narsani bor qilgan,
	Kimlargadir sog`inch bo`lgan,
	Kindik qonimiz to`kilgan,
	Vatan uchun biz kuylaylik.
Keling do`stlar, birga qo`l ushlab,
	Vatan uchun birga kuylaylik.
	Chaman uchun birga o`ynaylik,
	Kelajakka qarab intilaylik. (x2)
Qancha e’zozlasak, arzirsan,
	Axir nomi ona, deb atalsa,
	Yomondan bizni saqlasa,
	Vatan uchun biz kuylaylik.
Yelib-yonib xizmat qilay,
	Jangga doim tayyor turay,
	Hatto, jonim fido qilay,
	Vatan uchun, Vatan uchun.

