Botir Qodirov - Adashdim qo`shiq matni

Uzun-uzun sochlaringni qarosida adashdim,
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim. (x2)

Umidvor bo`ldi ko`ngil visoling lazzatiga,
Ammo hijronning jabru-jafosida adashdim.
Umidvor bo`ldi ko`ngil visoling lazzatiga,
Ammo hijronning dardi-davosida adashdim.

Ishq sahrosin kezib dor, sani izladim bedor,
Topolmay ko`z yoshlarim daryosida adashdim.

Uzun-uzun sochlaringni qarosida adashdim,
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim.
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim.

Adashganim bo`ldi rost, gul umrimdan ketdi yoz, (x2)
G`o`r yoshlikning tuzalmas xatosida adashdim. (x2)

O`chmadi shirin yoding xayolim ko`zgusidan, (x2)
Seni izlab o`zga yor siymosida adashdim. (x2)

Uzun-uzun sochlaringni jilosida adashdim,
Ikki kamon qoshlaringni qarosida adashdim.
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim,
Uzun-uzun sochlaringni jilosida adashdim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]