Botir Qodirov - Bodom qovoqlaringdan qo`shiq matni

Bir bor go`zal qizlar ichra

Chiroyda yagonasi,

Sevdim desam, nega xursand

Yonida dugonasi?


Bir on vaqtin olay desam,

Bor yana bahonasi,

O`rniga gap aytib turar

Yonida dugonasi.


Dilim siyoh maning

Yorginamga yetolmay,

Dilimdagi so`zlarimni

Yorga bayon etolmay.


Bodom qovoqlaringdan,

Gilos dudoqlaringdan,

Qachongacha azob chekay

Nozu-firoqlaringdan? (x2)


Har on undan xavotirman,

Boqsa gar begonasi.

O`rtamizda bo`ldi sarson

Yonida dugonasi.


Manzilini olay dedim,

Qayda yor koshonasi?

Aytolmaydi, yo`l qo`ymaydi

Yonida dugonasi.


Dilim siyoh maning

Yorginamga yetolmay,

Dilimdagi so`zlarimni

Yorga bayon etolmay.


Bodom qovoqlaringdan,

Gilos dudoqlaringdan,

Qachongacha azob chekay

Nozu-firoqlaringdan? (x2)


(Bodom qovoqlaringdan)

Gilos dudoqlaringdan,

(Bodom qovoqlaringdan)

Nozu-firoqlaringdan.


Bodom qovoqlaringdan,

Gilos dudoqlaringdan,

Qachongacha azob chekay

Nozu-firoqlaringdan? (x3)




скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Botir Qodirov - Bodom qovoqlaringdan qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Ozodbek Nazarbekov - Gul qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:19Скачать
Qilichbek Tojiev - Men sevgan qiz o’zganing yori qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:52Скачать
Ilhom Farmonov - Gilos qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:37Скачать
Gulsanam Mamazoitova - Chaman ichra qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:35Скачать
Botir Qodirov - Bodom Qovoqlaringdan128 kbps12-05-2016, 19:46Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.