Botir Qodirov - Bora-bora qo`shiq matni

Sezmayapsan dardim go`yo,
Zarra yo`qday qadrim go`yo.
Ko`zlarimga bo`ldi dunyo
Tor bora-bora, tor bora-bora.

Nafaslarim bo`g`ar endi,
Boshdan aqlim og`ar endi,
Sochlarimga yog`ar endi
Qor bora-bora, ey, qor bora-bora.

Nechun ozorlar etasan?
Mani qiynab, ayt, netasan?
Mendan olislab ketasan
Yor, bora-bora. (x2)

Yuz bora, ming bora,
Tun ortidan ovora.
Jafolaring ortar saning
Bora-bora, tobora.

Ming bora, yuz bora,
Uning ortidan ovora.
Dilim azob tortar maning
Bora-bora yolvora.

Dilim og`rishin bilasan,
Bilib battarroq qilasan.
Yoki yoringdan qilasan
Or, or bora-bora, or bora-bora.

Nafaslarim bo`g`ar endi,
Boshdan aqlim og`ar endi,
Sochlarimga yog`ar endi
Hey, qor bora-bora, qor bora-bora.

Nechun ozorlar etasan?
Mani qiynab, ayt, netasan?
Mendan olislab ketasan
Yor, bora-bora. (x2)

Yuz bora, ming bora,
Tun ortidan ovora.
Jafolaring ortar saning
Bora-bora, tobora.

Ming bora, yuz bora,
Uning ortidan ovora.
Dilim azob tortar maning
Bora-bora yolvora.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]