Botir Qodirov - Diydor uchun qo`shiq matni
Dunyo go`zal sen bor uchun,
 Borsam baxtu ozor uchun-ey.
 Men yashayman sog`inchlarda
 Bir lahzalik diydor uchun-ey.
Chinorning ostida o`zim,
 Qadrning pastida o`zim,
 Bosh egik, sarg`aydi yuzim
 Bir lahzalik diydor uchun-ey.
 O`zim har joydaman, ko`nglim sandadir-a,
 Bir lahzalik diydor uchun-ey.
Kunlarni tunga ulayman,
 Tushga kirar deb uxlayman. (x2)
 Mayli undan so`ng o`lay man
 Bir lahzalik diydor uchun-ey. (x2)
Chinorning ostida o`zim,
 Qadrning pastida o`zim,
 Bosh egik, sarg`aydi yuzim
 Bir lahzalik diydor uchun-ey.
 O`zim har joydaman, ko`nglim sandadir-a,
 Bir lahzalik diydor uchun-a.
Ayt sevgilim, mendekmisan,
 Dardlarimga sherikmisan?
 Balki sen ham tirikmisan
 Bir lahzalik diydor uchun-ey. (x2)
Chinorning ostida o`zim,
 Qadrning pastida o`zim,
 Bosh egik, sarg`aydi yuzim
 Bir lahzalik diydor uchun-ey.
 O`zim har joydaman, ko`nglim sandadir-a,
 Bir lahzalik diydor uchun-ey.
Ey, bir lahzalik diydor uchun-ey…

