Botir Qodirov - Ey dil qo`shiq matni

Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam og`rimaysan,
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig`lamaysan?
Kaftda tutay, gulga o`ray,
Nima qilsam yig`lamaysan?

Tiling bo`lsa aytgin axir
Ketaylikmi osmonlarga?
Odami yo`q, ozori yo`q,
Bozori yo`q tomonlarga? (x2)

Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam og`rimaysan,
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig`lamaysan?

Shabnamdayin to`kdilarku,
Tariqdayin sochdilarku,
Har kasodning bozorida
Savdo qilmay sotdilarku. (x2)

Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam og`rimaysan,
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig`lamaysan?

Qirni yorgan qirq chechaksan,
Ishq ahliga belanchaksan, (x2)
Tashna kelsam mehring buloq,
Kaftda tutib jonhalaksan.

Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig`lamaysan,
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig`lamaysan?

Ey dil…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]