Botir Qodirov - Jim turing qo`shiq matni
Jim turing, shovqinlanmang,
 Uyqu ichida ul pari.
 Yurma tek tur, ey shamol,
 Yursangda yur bir oz nari. (x2)
 Jim turing, shovqinlanmang…
Ko`kda bir to`p qiz malak
 Uyqu kuyini boshladi.
 Ilgari chalgan tirik
 Jonli kuyini boshladi.
E, bosh ichida aylanar,
 Bir to`p farishta jimgina.
 Ko`k elining bekasi –
 Oy ham qaraydi jimgina.
Jim turing, shovqinlanmang,
 Uyqu ichida ul pari.
 Yurma tek tur, ey shamol,
 Yursangda yur bir oz nari.
 Jim turing, shovqinlanmang…
Bu yotish, bu uyqu
 Qanday shirin, qanday go`zal. (x2)
 Charchagan, tolgan, umidsiz
 Ko`zlarim to`ymay qarar.
 Har qarashda ko`nglima
 Ming turli o`ylarni solar.
Jim turing, shovqinlanmang,
 Uyqu ichida ul pari.
 Ko`zlarim to`ymay qarar,
 Borliq ko`rinmay tunlari.
Jim turing, shovqinlanmang,
 Uyqu ichida ul pari.
 Yurma tek tur, ey shamol,
 Yursangda yur bir oz nari.
 Jim turing, shovqinlanmang…

