Botir Qodirov - Jon-jon qo`shiq matni

Bitta qarab, ado bo`ldim,

Nozlariga shaydo bo`ldim. (x2)

Menga qarab kulib qo`ygan

Nigohiga gado bo`ldim. (x2)


Jon-jon deysan-ey,

Lekin indamaysan-ey.

Ko`zlaringdan ayon axir

Menga befarqmassan-ey.


Jon-jon-jon deysan-ey,

Lekin indamaysan-ey.

Ko`zlaringdan ayon axir

Menga befarqmassan-ey.


Kunlar sanab, tun sanab,

Ko`zlaring ko`zim talab.

Seni kutarman, jonim-ey,

Yo`llaringga ko`z qarab.


Kechalari bedorman-ey,

Visoling faqat talab.

Sani kutib yonaman,

Ey, yuragimni nimtalab.


Jon-jon deysan-ey,

Lekin indamaysan-ey.

Ko`zlaringdan ayon axir

Menga befarqmassan-ey.


Jon-jon-jon deysan-ey,

Lekin indamaysan-ey.

Ko`zlaringdan ayon axir

Menga befarqmassan-ey.


Oy, oy, oydan ham

Go`zalsan-ey janona.

Kun desam ham, kundan ham

Go`zalsan-ey janona.


Vaslingga man yetolmayin

Holim bo`ldi yomon-a.

Vaslingga man yetolmayin

Holim bo`ldi yomon-a.


Ola ko`z, bo`y-bo`y,

Ola ko`z, bo`y-bo`y-bo`y.

Ola ko`z, bo`y-bo`y,

O`zi ashula shunaqa bo`lishi kerak edi lekin.




Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]