Botir Qodirov - Ona qo`shiq matni

Yuragimning dard tolasi,
Qalbimning mungli nolasi,
Ko`zlarim sog`inch jolasi – onam. (x2)
Hasratlarin ichga yutgan,
Dardin aytolmay berkitgan,
Mening kelishim zor kutgan – onam. (x2)
Onam, onam.

Yuzlari yorug` oyligim,
Mening yo`qotgan boyligim, (x2)
G`animatim, chiroyligim – onam. (x2)
Yayrab, quvnab yurmaganim,
Davru davron surmaganim, (x2)
E, so`nggi dam ulgurmaganim – onam,
E, so`nggi damda ulgurmagan – onam.

Dardu sitam birlan qarib,
Ko`zlari meni axtarib, (x2)
Vidolashmay ketgan g`arib – onam. (x2)
Omonatgina mehmonim,
Yolg`izim, tanho insonim,
So`nggi so`zlari armonim – onam.
Onam…

Boshida tuhmat toshlari,
Baloyu kulfat toshlari,
Toshdan qattiq bardoshlari – onam. (x2)
Umri sokin g`amginginam,
Endi manguga jimginam,
Yuvoshginam, mo`minginam – onam.

Yuzlari yorug` oyligim,
Mening yo`qotgan boyligim,
G`animatim, chiroyligim – onam.
Onam… onam… onam… onam…

(Topmoq yo`qotmoqdir, yo`qotmoq – topmoq,
Sen so`lib, men yashnab, to`lishimga boq.
Sensiz topganimdan ko`proq yo`qotdim,
Sen meni yupatding, seni yig`latdim,
Sen meni yaratding, seni tugatdim,
Uyalmay ona deb kelishimga boq.

Sog`inch haqda she`rlar yozdim o`zimcha,
Mendan peshonangda dog`lar tizimcha.
O`g`ling bo`lmay o`lay, attang, ming attang,
Qiz tug`sang netardi, ko`proq qiz tug`sang?
Tirgak bo`lolmadim bitta qizingcha,
Uyalmay shoirman deyishimga boq.

Joningdan aylanay, turgil jonajon,
Yo`l qarab bo`ldimi jigarginang qon?
Boqma ko`zlarimga bemajol, hasta,
Mening topganlarim gulmi bir dasta?
Yo`qotganim senmi endi, onajon?
O`z etimni o`zim yeyishimga boq.

Bilsang yuragimni bir alam elar,
Buyursang qo`limdan kelmaydi nelar,
Ayt, pichan yig`aymi, o`tin yoraymi?
Yerni haydayinmi, ko`k ag`daraymi?
Itdek oyog`ingga suykalgim kelar,
Uchib-uchib mana qo`nishimga boq.

Hech narsa kerakmas, bolam hech deysan,
Endi kech deysanda, endi kech deysan,
Yuzimni bosaman muzday yuzingga,
Onajon, zor qilib ketma izingga.
O`lim oldida ham g`amimni yeysan,
Menchi jim taqdirga ko`nishimga boq.

She`rim bitdi, xayr do`stlar, xush qoling,
Bedil yashamakka o`rganmang mendek.
Boring, volidangiz ko`nglini oling,
Ertaga kech qolib o`rtanmang mendek.)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]