Botir Qodirov - Topdim qo`shiq matni

Mehribonim, men sizni topdim.
Xazonrez bog`larning kuzli, ayozli,
Huvildoq tunlari yomg`ir, shamolli,
Hurlikdan iyigan umidlar ichra
Men sizni topdim.

Topdim, derazamga kakliklar qo`ndi,
Sayradi, sayradim jon chiqar qadar.
Do`l yoqqan qahraton, muzli kechalar,
Bebahor gulladim, barg yozdim samar.
Mehribonim, men sizni topdim,
Qadrdonim, men sizni topdim.

Mehribonim, bu ne ko`rgulik, ne savdo?
Bu shirin jonimdan o`kinmay toldim.
Bu ne saodat, bu nechuk yolg`on?
O`z qonimni o`zim ichimda qondim.
Izlay-izlay men sizni topdim.

Topmasam ko`zlarim yo`lga to`kardim,
Har zarra tuproqni sizlab o`tardim.
Bu yorug` dunyodan nursiz, benavo,
Izillab-izillab izlab o`tardim.

Mehribonim, men sizni topdim,
Qadrdonim, men sizni topdim. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]