Botir Qodirov - Yig’latur qo`shiq matni

Hey, qiynadi bu ishq meni,
Tun kechalar zor yig’latur.
Ayta olmayman, netay,
Ham nomusu or yig’latur.

Ushshog’u segoh mening
Ruhimni sel qilg’ay yana,
Bo’ldi, bas, deyman,
Quloq solmay yana tor yig’latur.

Bo’ldi, bas, deyman,
Quloq solmay yana tor yig’latur.

Ba`zida aylab tavoze,
Qilsalar ko’p muhtaram,
Bu ulug’ jonimni shu
Qilmay biror kor yig’latur.

Gul desam, yonishi yo’q,
Bulbul desam, xonishi yo’q,
Bu latif ruhimni aylab
Bunchalar xor yig’latur.

Bu latif ruhimni aylab
Bunchalar xor yig’latur.

Ko’zlarimda shoshqatordur
Yoshlarim yo’lga qarab,
Yo’qlamay man telbani
Ahdu-hushi bor yig’latur.

Qiynadi bu ishq meni,
Tun kechalar zor yig’latur.
Ayta olmayman, netay,
Ham nomusu or yig’latur.

Hajr o’tida kuydirib,
Ishqi o’tida yondirib, (x2)
Ne sababdin, bilmadim,
Ko’nglimni ra`no yig’latur. (x2)

Qiynadi bu ishq meni, {x2}
Tun kechalar zor yig’latur.
Ayta olmayman, netay,
Ham nomusu or yig’latur.

Ayta olmayman, netay,
Ham nomusu or yig’latur.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Botir Qodirov - Yig’latur qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Manzura - Meni sev qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:17Скачать
O`lmas Olloberganov - Lazgi qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:49Скачать
Hojiakbar Haydarov - Yig'latur128 kbps4-04-2016, 21:16Скачать
Botir Qodirov - Yig'latur128 kbps28-11-2015, 22:37Скачать
Sardor Mamadaliyev - Yig'latur128 kbps27-11-2015, 18:48Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.