Botir Qodirov - Yig’laysanmi qo`shiq matni
Tun kechalar ko`kda hilol kulib turar,
Hilolmisan, hiloldayin kulmaysanmi?
Sen kulmasang boshginamga osmon qular,
Seni qanday e`zozlashim bilmaysanmi?
Sen ham meni sog`inganda yig`laysanmi,
Seni qanday e`zozlashim bilmaysanmi?
Balki bedor, balki orom olib shu choq
Tortadursan uyqu ichra bir o`tli oh.
Ko`rgin bizni ne ko`ylarga soldi firoq,
Tushlaringda meni quchib uxlaysanmi?
Sen ham meni sog`inganda yig`laysanmi,
Mensiz hatto dunyolarga sig`maysanmi,
Sen ham meni sog`inganda yig`laysanmi?
Ranjimagin sevging menga azob desam,
Hijroningda orzularim sarob desam.
Ranjimagin sevging menga azob desam,
Hijroningda nechun bo`ldim xarob desam.
Yana meni o`z holimga qaytar desam
Ko`ksimga bosh qo`yib battar tig`laysanmi?
Sen ham meni sog`inganda yig`laysanmi,
Ko`ksimga bosh qo`yib battar tig`laysanmi?
Sen ham meni sog`inganda yig`laysanmi?
Sensiz qalbim faryodlarga to`lib borar,
Jonsiz jismim laxza sayin so`lib borar. (x2)
Bu dard meni ming bo`lakka bo`lib borar,
Sevsang agar holim so`rab kelmaysanmi?
Sen ham meni sog`inganda yig`laysanmi,
Suysang agar holim so`rab kelmaysanmi?
Sen ham meni sog`inganda yig`laysanmi? (x3)