Botir Qodirov - Yiqildim yomon qo`shiq matni

Haydaldim gul yorning ostonasidan,
Ta`nalar otildi koshonasidan. (x2)
Izlang devonalar vayronasidan,
Yetdim deganimda yiqildim yomon,
Yetdim deganimda yiqildim yomon.

Ayt menga, makkora, ayt bag`ritosh yor,
Bilmasmiding menda faqat shu ishq bor? (x2)
Suysa bo`lmasmidi dushmani xunxo`r,
Yetdim deganimda yiqildim yomon.

To`lin oy, shu kecha sen yonimda qol,
Sevib gunohkorman, kuyib gunohkor.
Ko`ngil uchun “ketma” demadi dildor,
Dard ado qildiku, ezildim yomon,
Yetdim deganimda yiqildim yomon.

Yetdim deganimda yiqildim yomon. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]