Botir Qodirov - Yonaman qo`shiq matni

Ko`zing o`zga ko`zga otash solmasin,

Mendan o`zga seni seva olmasin. (x2)

Saningchun ahli ishqning sultoni menman,

O`zga oshiq, ayt, bu yo`lda yurmasin. (x2)


Ko`zlaringda yolg`iz o`zim qolaman,

Borimni poyandoz etib solaman.

Ko`zlaringda yolg`iz o`zim qolaman,

Jondan kechib, sendan kechmay yonaman,

Yonaman.


Parvo qilma zimdan goh so`zlaganga,

Shunday kelin bo`lsa, deb ko`zlaganga. (x2)

Shaydo ko`p, sen-chi yolg`iz, yagonasan,

Tegib ko`r mendan boshqa bo`zlaganga! (x2)


Ko`zlaringda yolg`iz o`zim qolaman,

Borimni poyandoz etib solaman.

Ko`zlaringda yolg`iz o`zim qolaman,

Jondan kechib, sendan kechmay yonaman,

Yonaman.


O`tli nigoh oshiqligim chog`lagan,

Qaro zulfing jon rishtasin bog`lagan. (x2)

Jismu-jonim, senga borim tortiq desam,

Nozu-ishvang o`rtab, dilim dog`lagan. (x2)


Ko`zlaringda yolg`iz o`zim qolaman,

Borimni poyandoz etib solaman.

Ko`zlaringda yolg`iz o`zim qolaman,

Jondan kechib, sendan kechmay yonaman,

Yonaman.




Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]