Daler - Vatan qo`shiq matni

Biz yoshlar birlashib, ummon bo`laylik,
Barchamiz yaxshilik tomon bo`laylik.
Bobolar armoni ushalsin bizda,
Millatning dardiga darmon bo`laylik.

Gulni gulga bersak, bo`ston bizniki,
Dilni dilga bersak, osmon bizniki. (x2)
Biz yoshlar Vatanning orzu-umidi,
Qo`lni qo`lga bersak, imkon bizniki.

Bizda Vatan bitta, Vatan yagona,
Hammamiz uchun u mushtipar ona.
Mehri bilan uning yuraklar yona
Sadoqatli qizu o`g`lon bo`laylik.

Gulni gulga bersak, bo`ston bizniki,
Dilni dilga bersak, osmon bizniki.
Biz yoshlar Vatanning orzu-umidi,
Qo`lni qo`lga bersak, imkon bizniki.

Vatan kutmoqdadir sog`inib bizni,
Qalbda o`ti bor yigitu qizni.
Qasamdek chin dildan aytaylik so`zni,
Yurt uchun bir tan-u bir jon bo`laylik.

Birimiz oydirmiz, birimiz yulduz,
Lek inson yasholmas o`zicha yolg`iz.
Kamalakdek yashnab ko`kda yorug` iz,
Biz bitta chiroyli osmon bo`laylik.

Gulni gulga bersak, bo`ston bizniki,
Dilni dilga bersak, osmon bizniki. (x2)
Biz yoshlar Vatanning orzu-umidi,
Qo`lni qo`lga bersak, imkon bizniki.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]