Davr guruhi - Keraksan qo`shiq matni

Taqdirimga yozilgan oysiz tunlarim mening,
Kapalakdan chizilgan vaslingsiz sening.
Gohida qalbim mahzun, meni tushunmas xayol,
Mening yashashim uchun sen borsan, bilmaysan nahot?

Muhabbatim o`zimdan g`arib,
Ruhim tanamga sig`maydi hech.
Sen o`zingni aldama, yetar,
Bilasanku, bo`ldi kech.

Sen o`zingni qo`lga ol,
Bizning sevgimiz shirin havas.
Lekin unutma, baxtdir olish
Senla bitta havodan nafas.

Bilgin, menga keraksan, keraksan, keraksan,
Yashashim uchun, yashashim uchun.
Bilgin, menga keraksan, keraksan, keraksan,
Sensiz tunlar mahzun, sensiz tunlar mahzun.

Yozgi shamollar yana aytar eski qo`shig`ini,
Afsus, bugun u kelmas, kutmayman uni.
Hatto shamol ham meni ketar yolg`iz qoldirib,
Juda sog`indim seni, yig`lasam yuragim to`ldirib.

Kechalarim o`zimdan g`arib,
Armonlarim osmondan katta.
Yuragimga termulib turib,
Yig`layabman birinchi marta.

Uxlab qolgan tunlarim haqqi,
Sening o`rning boshqa, bo`laksan.
Yig`lab o`tgan kunlarim haqqi,
Sen baribir menga keraksan.

Bilgin, menga keraksan, keraksan, keraksan,
Yashashim uchun, yashashim uchun.
Bilgin, menga keraksan, keraksan, keraksan,
Sensiz tunlar mahzun, sensiz tunlar mahzun. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]