Davron Ergashev - Yangi yil qo`shiq matni

Beg`ubor qor parchalari
O`ynab-o`ynab yog`ar shu dam,
Orzu-istagimiz kabi
Oq libosdadir bu olam.

Yuraklarda hayajon bor,
Shodlikka to`lar dillar ham,
Yoru-do`st, yaqinlar
Bir davrada bo`lamiz jam.

Yangi yil, yangi bayram,
O`ynang do`stlar yana birga,
Yangi omad va yangi baxt
Kulib boqsin hammamizga.
Yangi-yangi yilda.

Kuy-qo`shiqlar jaranglaydi
Bugun har bir xonadonda,
Saxiy el ko`ngli yashnaydi,
To`kinlik har dasturxonda.

Bolajonlar o`ynab-kular,
Yoshlar zavqlanar shu onda,
Onajonlar duo qilar,
Bor bo`laylik gul makonda.

Yangi yil, yangi bayram,
O`ynang do`stlar yana birga,
Yangi omad va yangi baxt
Kulib boqsin hammamizga.
Yangi-yangi yilda.

Shoshar yurtimizga…
Baxt keltiradi bizga…

Yangi yil, yangi bayram,
O`ynang do`stlar yana birga,
Yangi omad va yangi baxt
Kulib boqsin hammamizga. (x2)
Yangi-yangi yilda.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]