Dildora Niyozova - Bolajonim qo`shiq matni

Mana bolam, sen bugun to’rt yoshdasan,

Orzularing bilan oy-quyoshdasan. (x2)

Ko’zlari munchog’im, aytgin sen menga,

Hademay katta bo’lsang, kim bo’lasan? (x2)


Kim bo’lsang ham bolajon, avvalo inson bo’lgin,

Men va otangning har on dardida darmon bo’lgin.


Bolam, doim tiling shirin suxan bo’lsin,

Mardlar kabi mingan oting saman bo’lsin. (x2)

Bobolaring, momolaring o’tgan shu yurt,

Sening ham bir sajdagohing, vatan bo’lsin. (x2)


Kim bo’lsang ham bolajon, avvalo inson bo’lgin,

Men va otangning har on dardida darmon bo’lgin.


– Bolajonim…

– Oyijonim… (x2)

Suyanganimsan, ishonganimsan, jon bolam.


Orzularing osmoniga narvon qur,

Eldan duo ol-u, davru davron sur. (x2)




Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]