Dildora Niyozova - Ishonma qo`shiq matni

Endi mani boshqada ishim yo`q,
Mani sandan boshqa hech tanishim yo`q, (x2)
Har kuni bir diydoringga to`yishdan-ey
Mani boshqa qiladigan bir ishim yo`q.

O`lguncha qiz dimog`lanma, qomatingga quvonma,
Bu o`tkinchi dunyolarda og`anglarga ishonma.

Jon og`ajon, mish-mishlarni qo`ysang-ey,
Mandan o`zga tanishlaringni qo`ysang-ey, (x2)
San aytarsan sodiq, vafoli yorim bor deb,
Jonim, man aytaman diydorima to`ysangchi.

Sani erkalab, yo`llara solgan og`anglara ishonma,
Har gal sanga mehrini bergan akanglara ishonma.
Sani erkalab, yo`llara solgan og`anglara ishonma,
Bu o`tkinchi dunyolarda og`anglarga ishonma.

Yoshlik davring o`tar-ketar, sevdim degan ko`p bo`lar,
Aldab-suldab yomon yo`llara ketdik degan ko`p bo`lar.
Guldek davring o`tar-ketar, suydim degan ko`p bo`lar,
Aldab-suldab daryo bo`ylarina ketdik degan ko`p bo`lar.

San ularni gaplarina hayron bo`lib yurmagin, opam-ey,
Yoshing qirqdan o`tgan so`ng-ey, tur ket degan ko`p bo`lar.

Sani erkalab, yo`llara solgan og`anglara ishonma,
Bu o`tkinchi dunyolarda og`anglarga ishonma. (x2)

Ishq boshqa, havas boshqa, hoyu-havasni unut,
Sevdim degan mard yigitning kostyumidan mahkam tut. (x2)
Yolg`on-yolg`on va`dalarni bergan
Yolg`onchi yigitlarning va`dalarini unut.

Sani erkalab, yo`llara solgan og`anglara ishonma,
Har gal sanga mehrini bergan akanglara ishonma.
Sani erkalab, yo`llara solgan og`anglara ishonma,
Bu o`tkinchi dunyolarda og`anglarga ishonma.

Hey, og`anglara ishonma, og`anglara ishonma!

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]