Dildora Niyozova - Ota-ona qo`shiq matni

Bugun yana bahorlarga yalindim,
Umr degan anhorlarga yalindim,
Soniya-yu misqollarga yalindim,
Tez qaritib qo`ymang otam-onamni deb.

Yuzlarida ajin degan dog` ko`rindi,
Sochlarida buncha erta oq ko`rindi,
Xayollarim har tomonga qoq bo`lindi,
Tez qaritib qo`ymang otam-onamni deb.

Umr shuncha tez o`tibdimi,
Keksalik qo`lin tutibdimi,
Ko`nglim armonga to`libdimi, (2x)
Ota-onam qaribdimi?

Xazonlarga to`lmay turing bog`larim-ey,
Yuzimga chang solmay turing dog`larim-ey,
Shoshmay turing, ey siz, baxtli chog`larim-ey,
Tez qaritib qo`ymang otam-onamni deb.

Bugun yana havotirga chalindim,
Umid bilan armonlarga tanildim,
Karami keng osmonlarga yalindim,
Tez qaritib qo`ymang otam-onamni deb.

Umr shuncha tez o`tibdimi,
Keksalik qo`lin tutibdimi,
Ko`nglim armonga to`libdimi, (2x)
Ota-onam qaribdimi?

Ko`ngil qushi kezsaydim ko`p olam derkan,
Xofiz qani zo`r bo`lsaydi nolam derkan,
Ota-ona o`lgunicha bolam derkan,
Ayting, do`stlar farzand qachon
Otam derkan, onam derkan?

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]