Dildora Niyozova - Ro’molim qo`shiq matni

Daryolarning bo`ylarida bir tup chinor-a,
Bir tup chinor taglarida ko`zi xumor-a.
Ko`zi xumor ko`zlariga ko`zlar tegmasin,
Ko`zmunchog`im taqib qo`yay, bo`lsin tumor-a.

Daryolarning sohilida qoldi ro`molim,
Ro`molimning uchlarida jonu-jahonim.
Sizni sevmoq, sizga kuymoq taqdir azaldir,
Yo`llaringiz chaqir ekan – tildi tovonim.

Daryolarning ul yuzida uchar o`rdaklar,
Bir-birovin quvalashib suzar o`rdaklar.
Bugun sizni ko`rmasam devonadurman,
Qadim-qadim qo`rg`onidan ko`char yuraklar.

Daryolarning sohilida qoldi ro`molim,
Ro`molimning uchlarida jonu-jahonim.
Sizni sevmoq, sizga kuymoq taqdir azaldir,
Yo`llaringiz chaqir ekan – tildi tovonim.

Daryo dilin jimirlatgan tog`larning qori,
Yigitni ham, suluvni ham o`ldirur ori.
Ori yo`qqa oshno bo`lib, ordan ayrildim,
Bunchalar ham dushvor ekan dunyoning kori.

Daryolarning sohilida qoldi ro`molim,
Ro`molimning uchlarida jonu-jahonim.
Sizni sevmoq, sizga kuymoq taqdir azaldir,
Yo`llaringiz chaqir ekan – tildi tovonim. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]