Dildora Niyozova - Va’da berdi qo`shiq matni

Va`da berdi bir yor manga, yolg`on ekan-ku, {x2}
Va`dasinda turmay yurgan janon ekan-ku,
Va`dasinda turmay yurgan nodon ekan-ku.
Soy bo`yida uchrab, manga qoshin qiymirdi, {x2}
So`rab bilsam, elimizga mehmon ekan-ku. {x2}

Qay gulshan bog`laridan kelgan u, ammo
Mandan battar ishq yo`lida sarson ekan-ku. (x2)
Mohi ruxsorini ko`rib, hilol parishon, {x2}
Ro`yi zaminda bo`lmagan qurbon ekan-ku. {x2}
Qurbon ekan-ku.

Ajab, nedan yondiradi o`tli qarashlar?
O`zi yaxshi, kelmasligi yomon ekan-ku. (x2)
Jonu dildan ko`ngil berdim, gunohimdan o`t, {x2}
Ishq manzili oshiqlarga hijron ekan-ku.
Hijron ekan-ku.

Va`da berdi bir yor manga, yolg`on ekan-ku, {x2}
Va`dasinda turmay yurgan janon ekan-ku. {x2}
Soy bo`yida uchrab, manga qoshin qiymirdi, {x2}
So`rab bilsam, elimizga mehmon ekan-ku. {x2}

Mehmon ekan-ku, mehmon ekan-ku,
Mehmon ekan-ku, mehmon ekan-ku…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]