Dilfuza Rahimova - Ota-ona qadri qo`shiq matni

Ey azizlar, yaxshilik qiling bu hayotda,

Umrning o`tganin bilmay qolamiz.

Jon bordur, jon bordur qazo ham bordur albatta,

Qazoning yetganin sezmay qolamiz.


Duosin olaylik, jannat poyida,

Tiriklik chog`ida ota-onamiz.

Ortidan muruvvat qilmoq befoyda,

Ularning ketganin bilmay qolamiz.


Ko`ziga termulib bo`lamiz shodon,

Ko`zimiz gavhari, nuri bolamiz.

Sochga oq oralab, qomat ham kamon-ey,

Keksalik yetganin bilmay qolamiz,

Qarilik yetganin bilmay qolamiz.


Ayo farzand, eshit arzim,

Nasihat aylamoq qarzim,

Vali’ahdlarga ming ta’zim,

Otangning qadrini bilgin.


Seni dunyoga keltirgan,

Mehr bog`ida o`stirgan, (x2)

Boshingda soyabon bo`lgan,

Onangning qadrini bilgin. (x2)


Otang chin qadrdoning,

Boshingda misli osmoning, (x2)

Har joyda duoda doim,

Onangning qadrini bilgin.

Har yo`lda duoda doim,

Onangning qadrini bilgin.


Jo-o-on, o`tar bir kun bu olamdan,

Qolarsan ajrashib ulardan.

O`tar bir kun bu olamdan,

Kelarsan ajrashib ulardan.

Qanoting qayrilib chindan-ey,

Onangning qadrini bilgin.


Yomon yo`lga qarab ketma,

Ularni xoru-zor etma. (x2)

Hofiz dilin g`azab etma,

Otangning qadrini bilgin.

Hofiz dilin g`azab etma-ey,

Onangning qadrini bilgin.


Otangning qadrini bilgin,

Onangning qadrini bilgin.

Otang birla onangning qadrini bilgin.




Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]