Dilfuza Rahimova - Zaynab qo`shiq matni
Tengim boshqa dedi yor,
Topdim desam tengimni.
Marg’ilonlik bir dildor
Tortib oldi begimni.
Nima bo’ldi bek yigit,
Bekangizga qarash yo’q?
Kumushdan ming o’rgilib,
Zaynabdan hol so’rash yo’q. (x2)
Taqdir dedim, shum taqdir,
Ko’nglim to’lsa to’lmasdim. (x2)
Begim sizni men axir
Kumushdan kam suymasdim. (x2)
Nima bo’ldi bek yigit,
Bekangizga qarash yo’q?
Kumushdan ming o’rgilib,
Zaynabdan hol so’rash yo’q. (x2)
Aytsam dardim bir dunyo,
Ketsam bir uy ko’chim bor. (x2)
Kumushoyni keltirgan
Aravada o’chim bor. (x2)
Nima bo’ldi bek yigit,
Bekangizga qarash yo’q?
Kumushdan ming o’rgilib,
Zaynabdan hol so’rash yo’q. (x4)
Читать также
Комментарии (0)