Dilshod Xoliqov - Kelmasangda qo`shiq matni

Har kuni yor ko`changda,
Zor bo`lib tor ko`changda,
Ado bo`ldim alamda,
Oh, qorong`u kechangda. (x2)

“Erkam” deb erkalasam,
Erkaligim yoqmasa,
“Sevganim, yorim” desam,
Nahot menga boqmasa? (x2)

Tunlari bedor, ko`zlari xumor,
Sevganim bilmasangda,
Jonimga mani beradi ozor
Yonimga kelmasangda. (x2)

Aqlimni olganingda,
O`tlarga solganingda,
Jonim, yaxshi bo`lardi
Yonimda qolganingda.

Erkalab to`ymas edim,
Seni tinch qo`ymas edim,
Bunchalar kuymas edim,
Sevmasam-ey…

Tunlari bedor, ko`zlari xumor,
Sevganim bilmasangda,
Jonimga mani beradi ozor
Yonimga kelmasangda. (x2)

Men seni o`ylasamda,
Yolg`izlab qo`ymasamda,
Sahargacha termulib,
O`zingga to`ymasamda.

Erkalab to`ymas edim,
Seni tinch qo`ymas edim,
Bunchalar kuymas edim…

Tunlari bedor, ko`zlari xumor,
Sevganim bilmasangda,
Jonimga mani beradi ozor
Yonimga kelmasangda. (x4)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]