Dilso`z - Aytgin qo`shiq matni
Javoblarsiz qolgan ojiz savollar,
 Yo`llaring poylagan ko`zlarim toldi.
 Ming turfa ko`chada kezib xayollar,
 Senga aytolmagan so`zlarim qoldi.
Yuragimni azoblab, sinadingmi yo aytgin?
 Ketib mendan yiroqlab, qiynadingmi yo aytgin?
 Aytgin, rostini aytgin, bir zum o`zingga qaytgin,
 Bilmay sevgim qimmatin, o`ynadingmi yo aytgin?
To`qib yolg`on ertaklar, uydirarding cho`pchaklar,
 Dilim etib ermaklar, o`ynadingmi yo aytgin?

Achinmaysan holimga, javob ber savolimga,
 Tegaverib jonimga, to`ymadingmi yo aytgin?
 Ko`zim senga qadalgan, ishqim, borim atalgan,
 Mening qadrim avvaldan bilmadingmi yo aytgin?
To`qib yolg`on ertaklar, uydirarding cho`pchaklar,
 Dilim etib ermaklar, o`ynadingmi yo aytgin?
 Aytgin, rostini aytgin, bir zum o`zingga qaytgin,
 Bilmay sevgim qimmatin, o`ynadingmi yo aytgin?
Yuragimni azoblab…
 Ketib mendan yiroqlab…
 Aytgin, rostini aytgin, bir zum o`zingga qaytgin,
 Bilmay sevgim qimmatin, o`ynadingmi yo aytgin?
To`qib yolg`on ertaklar, uydirarding cho`pchaklar,
 Dilim etib ermaklar, o`ynadingmi yo aytgin?
 Aytgin, rostini aytgin, bir zum o`zingga qaytgin,
 Bilmay sevgim qimmatin, o`ynadingmi yo aytgin? {x2}