Dilso`z - Begim qo`shiq matni

Kun yig’ladim, tun yig’ladim,
Bilmadingiz begim-ey.
Chorladim ko’p, nazar qilib
Kelmadingiz begim-ey. (x2)

Dunyolarga sig’may ketdim,
O’zni otdim taqdirga. (x2)
Bir olmadek oqdim soyda,
Olmadingiz begim-ey. (x2)

Kelmadingiz, kelmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Kelmadingiz, bilmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.

Ohlarimga osmon yig’lar,
Tog’lar aza tutadi. (x2)
Bag’riqonim bag’rimdagi
Nolalarga o’tadi. (x2)

Sizni qaysi dilbar mendek
Toqat bilan kutadi? (x2)
Firoqida g’arib qilgan
Bag’ritoshim begim-ey. (x2)

Kelmadingiz, kelmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Kelmadingiz, bilmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.

Yo’llar uzoq, ko’ngil yaqin,
Desangiz ham bo’lardi.
Ko’nglim senda degan so’zdan
Yarim ko’nglim to’lardi. (x2)

Kelsangiz-a ko’ngildagi
Umid guli kulardi.
Bugun Ra’no bag’ri e voh,
Alamingiz begim-ey.(x2)

Kelmadingiz, kelmadingiz,
Bilmadingiz begim-ey.
Bilmadingiz, bilmadingiz,
Kelmadingiz begim-ey. (x2)




Похожие песни и клип

Название и исполнитель БитрейтДата Скачать
Ozodbek Nazarbekov - Begoyim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:19Скачать
Dilso'z - Begim Sog'inasiz (Video klip)128 kbps19-10-2016, 14:55Скачать
Mohlaroyim - Begim128 kbps16-05-2015, 11:40Скачать
Zulayho Boyxonova - Begim128 kbps27-01-2015, 23:39Скачать
Feruza Jumaniyozova - begim128 kbps1-01-2015, 20:56Скачать

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку 2017 бесплатно.