Dilso`z - Otajon qo`shiq matni

Bag`ringizda avaylab, voyaga yetkazdingiz,
Oftob tushsa boshimga, soyaga yetkazdingiz, (x2)
Baxtim tilab tunlarni beorom o`tkazdingiz.

Bugun yor-yor aytilmoqda qizingizga, otajon,
Yoshlar kelar marjon-marjon ko`zingizga, otajon. (x2)

Dilimda aytolmagan izhorim dunyo-dunyo,
O`zga uyning yo`lida ko`z yoshim daryo-daryo, (x2)
Hali uzoq ketmayin sog`inarman men go`yo.

Bugun yor-yor aytilmoqda qizingizga, otajon,
Yoshlar kelar marjon-marjon ko`zingizga, otajon. (x2)

Turibman izlaringiz ko`zga surtguday bo`lib,
Peshonamni silaysiz, o`parsiz asta kulib, (x2)
Yuzimga termularsiz ko`ksingiz to`lib-to`lib.

Bugun yor-yor aytilmoqda qizingizga, otajon,
Yoshlar kelar marjon-marjon ko`zingizga, otajon. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]