Dilso`z - Sog’indim yomon qo`shiq matni

Yorim bergan zarli ro`molni o`rab,
Pardoz-andozlandim oynaga qarab, (x2)
Qop-qora sochlarimni silliq tarab, (x2)
Ko`zim yo`lida intizor kutarman. (x2)

Sog`indim yomon, sog`indim yomon,
Man unga zorman hamon, kelar qay zamon?
Sog`indim yomon, sog`indim yomon-ey,
Man unga zorman hamon, kelar qay zamon?

Shuncha taraddud ayladim yor uchun,
Dilimda unga muhabbat bor uchun, (x2)
Kelsin endi yurakkinam zor uchun,
Ko`zim yo`lida intizor kutarman. (x2)

Sog`indim yomon, sog`indim yomon-ey,
Man unga zorman hamon, kelar qay zamon?
Sog`indim yomon, sog`indim yomon-ey,
Man unga zorman hamon, kelar qay zamon?

Bunchalar bag`ritosh bo`lmasa yorim,
Nahotki, man shunday yolg`iz o`tarman? (x2)
Kelmasa mayli, kutmayman, deymanu,
Ko`zim yo`lida intizor kutarman.

Sog`indim yomon, sog`indim yomon,
Man unga zorman hamon, kelar qay zamon?
Sog`indim yomon, sog`indim yomon-ey,
Man unga zorman hamon, kelar qay zamon?

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]