Doston Ubaydullaev - Ota bo’ldim qo`shiq matni

Yillar yelar, sinab dildagi dardim,
Sinab sinib siylangan homush qalbim. (x2)
Umid soyasida yig`lab orzular,
O`tayotgan umrim orzusi, baxtim. (x2)

Taqdir yig`latganda ham umidga to`ldim,
Kutib-kutib besh yil o`tib ota bo`ldim. (x2)

Iz qoldirar hatto qadam izida,
Boqsang aksin topar odam ko`zgudan,
Tilab-tilab dil to`xtamas orzudan,
Ortiq baxt yo`q farzand kulgusidan.

Tilab-tilab dil to`xtamas orzudan,
Ortiq baxt yo`q farzandning kulgusidan.

Taqdir yig`latganda ham umidga to`ldim,
Kutib-kutib besh yil o`tib ota bo`ldim. (x2)

Eshitib xabarini baxtdan quvondim,
Quvondim garchi bir tomondan yondim,
Shafqatsiz taqdir achchiq xazil qildi,
Masofalar kutgan baxtimdan ayirdi.

Taqdir yig`latganda ham umidga to`ldim,
Kutib-kutib besh yil o`tib ota bo`ldim. (x2)

Umidim uchquni so`nmadi bir zum,
Umrim o`tayotgandi farzand tilab,
Umrim umidsizlikka ko`nmadi bir zum,
Siyladi bir emas ikki farzand, yo Rab.
Yo Rab.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]