Doston Ubaydullaev - Senga shaydoman qo`shiq matni

Qalbimni ochding yanada,
Qolmadi hech so`z panada,
Xayoling dunyosidaman,
Yonadi sevgim tanada.

Bora-bora mani rom aylading,
Yuragimni yuragingga joylading,
Ko`ngling musaffoligidan
Ko`nglimni manguga boylading.

Ko`zlaringgamas, so`zlaringgamas,
Yuzlaringgamas, senga shaydoman,
Chiroyinggamas, dunyoyinggamas,
Manga shaydo qalbingga shaydoman. (x2)

Ko`zingda sevgi yonadi,
Ko`zingdan dil quvonadi,
Tashna bu qalbim sen bilan
Mehr-muhabbatga qonadi.

Taraladi chehrangdan ziyo,
Yurak o`ynab ketar boqsam qiyo,
Mehr to`la sening nigohlaring
Ta`rif etar muhabbatingni go`yo.

Ko`zlaringgamas, so`zlaringgamas,
Yuzlaringgamas, senga shaydoman,
Chiroyinggamas, dunyoyinggamas,
Manga shaydo qalbingga shaydoman. (x2)

Ko`zlaringgamas, senga shaydoman,
Senga shaydoman,
Chiroyinggamas,
Sening toza qalbingga shaydoman.

Senga shaydoman, senga shaydoman… (x4)

Ko`zlaringgamas, so`zlaringgamas,
Yuzlaringgamas, senga shaydoman,
Chiroyinggamas, dunyoyinggamas,
Manga shaydo qalbingga shaydoman.

Senga shaydoman, senga shaydoman… (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]