Doston Ubaydullaev - Sog’inib qo`shiq matni

Yuragim nimagadir kechalari bedor,
Xayolim yana seni izlab qoldi intizor.
Hayotim armonidir o`sha go`zal sevgim,
Yillarim o`tgan sayin seni qo`msar yuragim.

Sog`inib o`tadi umrim,
Beg`uborgina tanho sevgilim,
Sen tomon yo`q endi yo`lim, sog`indim.
Sog`inib o`tadi umrim,
Endi birgina xayol ovunchim,
Sog`inib yig`ladi ko`nglim, sevgilim.

Nimaga o`shanda men qo`lingdan tutmadim,
Qalbimda yonib turgan sevgim senga aytmadim?
Men xato o`ylagandim – sevishgan har odam,
Dunyoda yashar faqat ko`ngil berolgan yor bilan.

Sog`inib o`tadi umrim,
Beg`uborgina tanho sevgilim,
Sen tomon yo`q endi yo`lim, sog`indim.
Sog`inib o`tadi umrim,
Endi birgina xayol ovunchim,
Sog`inib yig`ladi ko`nglim, sevgilim.

Sog`inib o`tadi umrim… (sevgilim)
Sog`inib o`tadi umrim… (ovunchim)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]