Doston Ubaydullaev - Yoshlik qo`shiq matni
Boshqacha edi dunyo,
Rang-barang edi go`yo,
Quvnar edi nigohlar
Bizlar uchrashgan chog`lar.
G`am neligin bilmasdik,
Dardni ko`zga ilmasdik,
Yo`q edi dilda dog`lar
Bizlar uchrashgan chog`lar.
Yo`q edi dilda dog`lar
Bizlar uchrashgan chog`lar.
Sog`indingmu sen ham u damlarni?
Unutib barcha dardu g`amlarni?
Aytgin, sening qalbing ham xohlarmi
O`sha bizlar uchrashgan chog`larni?
Lali-lali-lay, lali-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay.
Lali-lali-lay, lal-la-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay.
Yodingdami ikkimiz,
Qalblardagi sevgimiz,
Yangi ungan giyohlar,
Bizlar uchrashgan chog`lar.
Qo`l ushlashib yurardik,
Shirin xayol surardik,
Har kun kezardik bog`lar
Bizlar uchrashgan chog`lar.
Sevdim demasdik tildan,
Bilardik qalbdan, dildan.
Shartmas edi izohlar
Bizlar uchrashgan chog`lar.
Sog`indingmu sen ham u damlarni?
Unutib barcha dardu g`amlarni?
Aytgin, sening qalbing ham xohlarmi
O`sha bizlar uchrashgan chog`larni?
Lali-lali-lay, lali-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay.
Lali-lali-lay, lal-la-lali-lay,
Lali-lali, lali-lali, lali-lali-lay. (x2)